Istanbuldagi avtobus bekati yonida sodir bo‘lgan portlashda ikki kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi yaralandi, deya xabar bermoqda “RBK” Haberturk’ka tayanib.
Hodisa joyiga politsiya va tez yordam mashinalari yetib keldi. Turkiyaning NTV telekanali namoyish qilgan suratlarda yaqin orada joylashgan do‘konlarning oynalari portlash natijasida chil-chil singanini ko‘rish mumkin.
Portlash bekat yonidan politsiya avtobusi o‘tib ketayotgan vaqtda yuz bergan. Turkiya televideniyesi xabariga ko‘ra, aynan u terakt nishoni bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)