Rossiya harbiy-koinot kuchlari samolyotlari IShIDning Rakka va Xoms viloyatlarida joylashgan to‘rtta noqonuniy neft qazib olish obyektini yo‘q qildi. Bu haqda Suriyadagi mojaro tomonlarini yarashtirish markazi byulletenida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “RBK”.
Markazga ko‘ra, sutka davomida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi besh marta buzilgan. O‘zini muxolifat sanaydigan “Jaysh al-Islom” guruhi Damashq viloyatidagi bir necha aholi punktlarini minomyot va reaktiv tizimlardan o‘qqa tutgan. “Jabhat an-Nusra” jangarilari esa Latakiya, Aleppo, Idlib va Xama viloyatlaridagi aholi punktlariga qarata o‘t ochgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)