Qirg‘izistonning Bishkek shahridagi “Ala-Archa” davlat qarorgohida MDH hukumat rahbarlari kengashining tor tarkibdagi navbatdagi majlisi boshlandi, deya xabar bermoqda KNews.
Sammitda 22 ta masala ko‘rib chiqilib, yettita hujjat imzolanishi kutilmoqda. Ushbu hujjatlar orasida axborot almashish to‘g‘risida, elektr energetikasi obyektlaridagi avariyalar to‘g‘risida, elektr energetika sohasida professional ta’lim bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida, radioaktiv manbalarni ko‘chirish masalalari bo‘yicha axborot hamkorligi to‘g‘risidagi bitimlar bor.
Sammitda Belarus, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya, Tojikiston bosh vazirlari qatnashmoqda. Shuningdek, hukumat rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida Ozarbayjon vazirlar mahkamasi rahbari birinchi o‘rinbosari, Armaniston bosh vaziri o‘rinbosari, Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari, Ukraina elchisi va MDH ijroiya qo‘mitasi raisi yetib kelishi kutilmoqda.
Izoh (0)