3-iyun, juma kuni yurakning notekis urishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan Argentina prezidenti Maurisio Makri klinikadan chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Télam agentligiga ko‘ra, davlat rahbari yurak urishi me’yorga kelganidan so‘ng shahar chetidagi qarorgohiga qaytgan.
Makri juma kuni tushki payt qarorgohidagi uchrashuv vaqtida o‘zini biroz noxush sezgan, biroq bu holat shu kunga rejalashtirgan barcha ishlarini yakunlashga xalaqit bermagan. Kechki payt esa ko‘rikdan o‘tish uchun xususiy klinikaga yetkazilgan. Prezident vakili Ivan Pavlovskining bildirishicha, “shifokorlar hammasi joyida ekanligi”ni aytgan.
Izoh (0)