Shimoli-Sharqiy Xitoydagi Szilin provinsiyasi Yanszi shahrida quruvchilar dinozavrning toshga aylangan qoldiqlarini topib oldi, deb yozadi “TASS”. “Sinxua” agentligi xabariga ko‘ra, skeletning yoshi 100 million yildan oshadi.
Paleontologlar fikricha, suyaklar sayyorada Bo‘r davrida yashab o‘tgan ikki oyoqli o‘simlikxo‘r kaltakesak — iguanodontga tegishli. Ular qoldiqlar qazib olingan joy o‘z xususiyatlariga ko‘ra Ilk bo‘r davri formatsiyalariga mos keladi, deb hisoblaydi.
Quruvchilar topgan son suyagini o‘rganib chiqqach, olimlar ushbu hayvonning uzunligi o‘n metrga yetgan, degan xulosaga keldi, ammo yakuniy baholarni qazish ishlari tugallanganidan keyingina berish mumkin.
Izoh (0)