Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Koreya markaziy televideniyesi ilk bor aprel oxirida suvosti kemasidan amalga oshirilgan ballistik raketa uchirilishi videosini namoyish etdi. Yozuvda jangovar kallak vertikal tarzda osmonga ko‘tarilayotgani aks etgan, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: AP

Foto: AP

Mazkur hodisaga bag‘ishlangan hujjatli materialda 23-aprelda “Simpxo” turkumidagi submarinadan muvaffaqiyatli amalga oshirilgan sinovni qirg‘oqdan mamlakat yetakchisi Kim Chen In shaxsan kuzatgani, unga harbiy sanoat vaziri Li Man Gon hamrohlik qilgani ta’kidlangan.

Shu bilan birga, Janubiy koreyalik ekspertlar apreldagi sinov omadsiz bo‘lgani, raketa talab etilganidek kamida 300 emas, atigi 30 kilometr uchgani va havoda uch qismga bo‘linib ketganini bildirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda