Antaliyada (Turkiya) ikki yo‘lovchi yo‘nalishdagi avtobusning qoyaga urilishi oqibatida halok bo‘ldi. NTV telekanaliga ko‘ra, haydovchi dovondagi burilishda boshqaruvni uddalay olmagan va mashina yo‘l chetiga chiqib ketib, qoyaga borib urilgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Halokat tufayli 10 kishi jabrlangan. Yo‘lovchilar Antaliyadan Bursaga yo‘l olgandi. Haydovchi politsiyaga yetkazilgan va ko‘rsatma bermoqda.
Mamlakat markaziy qismidagi Yozgat viloyatida yana bir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Yozgat—Sivas trassasida ichida 40 kishi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi. Ular turli darajada jarohat olgan va yaqin oradagi kasalxonalarga yetkazilgan.
Izoh (0)