Pentagon Iroqda IShID terrorchilik guruhiga qarshi “Mustahkam qat’iyat” operatsiyasida qatnashgan 19 yoshli amerikalik matros Konnor Makuagining Qizil dengizdagi halokati sabablarini tekshiradi, deb yozadi “TASS” mudofaa muassasasi bayonotiga tayanib.
Makuagi 26-may kuni Qizil dengizda “jangovar harakatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan” jarohatlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan.
AQSh qurolli kuchlari va ittifoqdoshlarining IShIDga qarshi “Mustahkam qat’iyat” harbiy operatsiyasi 2014-yil 8-avgustdan buyon o‘tkazilmoqda. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, 27-may holatiga ushbu kampaniyada 20 nafar amerikalik halok bo‘lgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)