Jinoyatchilar Venesuela shimoli-g‘arbidagi Truxilyo shtati, Andres-Belyo munitsipalitetida 12 kishi, jumladan, to‘rt nafar voyaga yetmaganni otib o‘ldirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Politsiya hodisa joyidan mototsikl va avtomobilda yashiringan hujum ishtirokchilarini qidirmoqda. Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, yuz bergan voqea bir-biri bilan raqobatda bo‘lgan jinoiy guruhlar o‘rtasidagi hisoblashuv bo‘lishi mumkin. Halok bo‘lganlardan kamida ikki nafari qasddan qotillik sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan.
Izoh (0)