O‘zbekistonlik tennischi Nigina Abduraimova Yaponiyaning Karuizava shahrida davom etayotgan, mukofot jamg‘armasi 25 ming dollarga teng ITF turkumidagi tennis turnirining chorak finalchisiga aylandi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, 21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi ikkinchi davrada musobaqa mezboni Yurina Koshinoga qarshi bahs olib bordi. Bir soatu 28 daqiqa davom etgan bellashuvda 6:3, 6:1 hisobi qayd etilib, Abduraimova foydasiga hal bo‘ldi.
Taqqoslash uchun, o‘zbekistonlik tennischi WTA reytingida 192, Yurina Koshino esa 731-pog‘onani egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki davrada Abduraimova yaponiyalik Haine Ogatani 6:1, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Uning chorak finaldagi raqibasi yaponiyalik Mana Ayukava bo‘ladi.
Izoh (0)