Futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi David Jinola Nitssada bo‘lib o‘tgan golf musobaqasida o‘zini yomon his etgach, yurak to‘xtab qolishini boshidan o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
49 yoshli fransuzga birinchi yordam ko‘rsatildi, shundan so‘ng vertolyotda Monakodagi tibbiy markazga yetkazildi. Hozirda Jinola hushsiz, biroq barqaror holatda ekanligi aytilmoqda.
Jinola “Pari-Sen Jermen” tarkibida ikki bor Fransiya kubogi (1993, 1995) va mamlakat chempionatida (1994) g‘olib chiqqan. 1998/99-yilgi mavsumida “Tottenhem” jamoasi bilan birga Liga kubogini qo‘lga kiritib, Angliya chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. Terma jamoa safida 17 o‘yin o‘tkazgan va uchta to‘p kiritgan.
2015-yili Jinola Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidentligiga nomzodini qo‘yish istagini bildirgandi.
Izoh (0)