Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasi doirasida va nihoyat O‘zbekiston klubi tomonidan urilgan golga guvohlik qildi. Uzoq kutilgan gol mazkur stadionda uy uchrashuvlarini o‘tkazuvchi “Bunyodkor” klubi tomonidan emas, poytaxtning boshqa bir klubi — “Lokomotiv” futbolchilari tomonidan urildi.
“Lokomotiv” klubi murabbiyi Andrey Miklyayev “Bunyodkor” stadionidagi “An-Nasr”ga qarshi o‘yindan keyin Chempionlar Ligasining 1/8 finali “Lokomotiv” stadionida o‘tishini istashi haqida aytib o‘tganiga qaramay, “Al-Hilol” bilan uchrashuvga baribir “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qildi. Bellashuv “temiryo‘lchilar”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgach Andrey Miklyayev chorak final qaysi stadionda o‘tishini istashi haqida to‘xtalmadi.
OChL guruh bosqichi va undan keying pley-offining “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qilgan barcha o‘yinlari:2013-yil
2-aprel“Bunyodkor” (O‘zbekiston) — “Beytszing Goan” (Xitoy) 0:023-aprel“Bunyodkor” (O‘zbekiston) — “Sanfrechche Xirosima” (Yaponiya) 0:0
21-may“Bunyodkor” (O‘zbekiston) — “Buriram Yunayted” (Tailand) 0:0
2015-yil
3-mart“Bunyodkor” (O‘zbekiston) — “Persipolis” (Eron) 0:117-mart“Bunyodkor” (O‘zbekiston) — “Lahviya” (Qatar) 0:1
22-aprel“Bunyodkor” (O‘zbekiston) — “An-Nassr” (Saudiya) 0:1
2016-yil
1-mart“Bunyodkor” (O‘zbekiston) — “An-Nassr” (Saudiya) 0:116-mart“Bunyodkor” (O‘zbekiston) — “Zob Ohan” (Eron) 0:0
20-aprel“Bunyodkor” (O‘zbekiston) — “Lahviya” (Qatar) 0:2
Izoh (0)