Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi Osiyo Chempionlar Ligasi “A” guruhini 1-o‘rinda yakunlab, 1/8 final chiptasini qo‘lga kiritdi.

Parallel kechgan o‘yinda Saudiyaning “Al-Ittihod” klubi Eronning “Sepahon” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etganiga qaramay, guruhni 3-o‘rinda tugatdi. O‘zbekistonlik futbolchi Fozil Musayev harakat qiladigan Eron klubi esa “A” guruhida eng yomon natija qayd etdi.
“Lokomotiv” 1/8 finalda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Osiyo Chempionlar Ligasining 2015-yilgi mavsumi guruh bosqichida “Lokomotiv” Saudiyaning “Al-Hilol” klubi bilan ikki marta to‘qnash kelgan. Ar-Riyod shahrida O‘zbekiston jamoasi 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Toshkentda Saudiya klubi 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozongan.-
“Paxtakor” Osiyo Chempionlar Ligasining so‘nggi turida zafar quchib, musobaqani tark etdi
-
“Nasaf” OChL guruh bosqichidagi uchinchi ishtirokida ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi
-
OChL. “Bunyodkor” xalqaro maydon bilan xayrlashdi, “Lokomotiv” peshqadamlikni saqlab qoldi
“Lokomotiv” (O‘zbekiston) — “An-Nasr” (BAA) 0:0
“Sepahon” (Eron) — “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni) 0:2
Gollar: Sanmartin, 15 (0:1). An-Natiri, 74 (0:2).| O‘ | Jamoa | O‘ | G‘ | D | M | T/N | O |
| 1 | “Lokomotiv” | 6 | 2 | 4 | 0 | 6:3 | 10 |
| 2 | “An-Nasr” | 6 | 2 | 3 | 1 | 5:4 | 9 |
| 3 | “Al-Ittihod” | 6 | 2 | 3 | 1 | 9:4 | 9 |
| 4 | “Sepahon” | 6 | 1 | 0 | 5 | 2:11 | 3 |








