Nigeriyada jangarilar Italiyaning Eni konserni neft quvurini portlatib yubordi. Bu haqda Nigeriya fuqarolik mudofaasi va xavfsizlik korpusi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Korpus matbuot kotibi Desmond Aguning bildirishicha, hujum 22-may, yakshanba kuni ertalab sodir bo‘lgan. “Bir guruh qurollangan yigitlar Tibidabo — Brass neft quvuriga hujum qildi va yoqib yubordi”, — deya ta’kidlagan Agu. Nigeriyada Agip Oil Company sho‘ba kompaniyasi orqali ishlovchi Eni mazkur hodisaga hozircha izoh bermagan.
Hujum Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy bir necha haftadan beri davom etayotgan hujumlar mamlakatda neft qazib chiqarish hajmi 20 yillik minimumgacha pasayishiga olib kelgan Niger deltasida harbiylar ishtirokini kengaytirishini ma’lum qilganidan bir necha kun o‘tib ro‘y berdi.
Izoh (0)