Toshkentning Yangi Sergeli ko‘chasida 21-may kuni 38-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusi va Matiz avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Matiz haydovchisi Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Matiz’ning orqa chap eshigi ochilgan vaqtda davlat raqam belgisi 01 819 XBA bo‘lan avtobus yengil avtomobilni urib yuborgan. Fotoxabar ostidagi muhokamalarda Matiz haydovchisi ayb o‘zida ekanligini tan olgani holda, avtobus juda tajovuzkor harakatlangani, to‘qnashuvdan so‘ng avtobus haydovchisi uning qo‘lini qayirib olganini yozgan.
Guruh foydalanuvchilari Matiz haydovchisi o‘z aybini tan olgani uchun uni olqishlagan, ayni vaqtda, eshikni harakatning boshqa qatnashchilariga xalal bermaslikka ishonch komil bo‘lganidan so‘nggina ochish kerakligini uqtirgan. Shuningdek, aksariyat foydalanuvchilar yo‘llarda avtobuslarning tartibsiz harakatlanishidan norozilik bildirgan.
Izoh (0)