General Motors sport avtomobillari va boshqa tezkor modellarga karbonli g‘ildirak disklarini o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Motor xabar berdi.
Konsern shunday disklarni sinab ko‘rishni boshladi va yo‘ldagi nuqsonlarning ularga ta’sirini o‘rganmoqda. Ishlab chiqaruvchi karbon g‘ildiraklaridan foydalanish har bir model vaznini taxminan 15 kilogrammga kamaytirishi va avtomobil dinamik ko‘rsatkichlarini yaxshilashini bildirmoqda.
General Motors mashinalarida karbonli g‘ildirak disklari aynan qachon paydo bo‘lishi noma’lum. Ular bilan dastlab V-turkumidagi Cadillac — CTS-V va ATS-V, keyinchalik esa, shuningdek, Chevrolet Corvette va Camaro jihozlanishi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)