Uiltshir grafligidagi (Buyuk Britaniya) krematoriy hududida yer yong‘oq moyi idishiga boshi tiqilib qolgan tulki bolasi qutqarildi. U atigi uch hafta avval dunyoga kelgandi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Yovvoyi hayvonlarni qutqarish tashkiloti — Creatures in Crisis rahbari Kevin Dryu voqea joyiga yetib keldi va ombur yordamida tulkicha boshini idishdan chiqarib oldi. Uning aytishicha, idish shisha emas, plastik bo‘lgani hamda vaqtida yordamga kelingani jonivorni qutqarib qolgan, aks holda u bo‘g‘ilib o‘lgan bo‘lardi.
Izoh (0)