Daryo

Xonanda Shohruxxonning to‘yi sanasi ma’lum bo‘ldi

“Hozircha kelinning kimligi sir tutilmoqda”

1 daqiqa o‘qish206 550 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Instagram / @_shohruhhon_

Xonanda Shohruxxonning nikoh to‘yi 5-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda, to‘yga taklif etilgan “taniqli guruh” vakillaridan biriga asoslanib, “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

Foto: Instagram / @_shohruhhon_

“Hozircha kelinning kimligi sir tutilmoqda”, — deyiladi nashr xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Shohruxxon so‘nggi intervyularidan birida 2016 yilda bo‘ydoqlik bilan xayrlashmoqchi ekanini aytib o‘tgan edi.

Undan avvalroq esa Instagram’da Shohruhxon va aktrisa Asal Shodiyevaning birgalikda tushgan suratlari paydo bo‘lgan va bu suratlar ikki yoshning to‘y fotosessiyasidan lavha ekani taxmin qilingan edi.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar