Buyuk britaniyalik va meksikalik alpinistlar ikki yil ichida Everestni zabt etgan ilk chet elliklar bo‘ldi. Bu haqda Nepal alpinistlari assotsiatsiyasi Nepal Mountaineering Association vakili Ang Tshering ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Britaniyalik Kenton Kul va Robert Richard Lukas, shuningdek, meksikalik Jvid Liano Gonzales 8 ming 850 metr balandlikdagi cho‘qqini zabt etdi. Ularga nepallik to‘qqiz nafar yo‘l boshlovchi yordam berdi.
O‘tgan yili toqqa ko‘tarilish mavsumi uning etaklaridagi alpinistlar lageri kuchli zilziladan so‘ng ko‘chki ostida qolib, 19 kishi halok bo‘lgach bekor qilingandi. 2014-yil esa sherpa millatiga mansub 16 nafar yo‘l boshlovchi nobud bo‘lgandi.
Izoh (0)