Tayvan qirg‘oqlarida ikki soat mobaynida avval 5,6, so‘ng 5,5 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda AQSh geologiya xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Oxirgi yerosti silkinishi epimarkazi Taybey shahridan 65 kilometr janubi-sharqda, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan. Sunami xavfi e’lon qilinmagan.
Izoh (0)