AQSh prezidenti Barak Obama may oyida Vyetnam va Yaponiyada safar bilan bo‘ladi. Safar chog‘ida u Ikkinchi jahon urushi yillarida atom bombasi bilan kun-payakun qilingan Xirosima shahriga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ilgariroq bu Yaponiya hukumati tomonidan ma’lum qilindi, so‘ngra axborotni Oq Uy tasdiqladi.
Shu tariqa, Obama vakolatli paytida Xirosimaga kelgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ladi.
Obamaning safari 21–28-may kunlariga mo‘ljallangan. U AQSh prezidentining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bo‘ylab o‘ninchi turnesi bo‘ladi.
Izoh (0)