Hindistonlik 70 yoshli ayol hayotida birinchi marta ona bo‘ldi, deb xabar beradi “Interfaks” Bangkok Post nashriga asoslanib.
Yangi ona Daljinder Kaur o‘zining yoshini bunga mos deb hisoblamoqda va endi uning hayoti to‘laqonli kechishini mamnuniyat bilan ta’kidlamoqda.
Kaur xonimning ko‘zi 19-aprelda yorigan bo‘lishiga qaramay, bu hol matbuotda yaqinda yoritildi. U 2 kilogrammli sog‘lom bolani dunyoga keltirgani aytilmoqda.
Kaurning turmush o‘rtog‘i 79 yoshda, ular 46 yildan buyon birga yashaydi. Shunga qaramay, ayol sun’iy urug‘lantirish yo‘li bilan homilador bo‘la oldi.
Izoh (0)