Google muhandislari tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt tizimi ingliz tilini tushunishni o‘rganish uchun 2865 ta romanni “o‘qib chiqadi”, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Materialni o‘zlashtirgani bo‘yicha test sifatida, dastur o‘z romanini yozadi.
Sun’iy intellekt tizimiga adabiyotlarni yuklash g‘oyasini foydalanuvchilar berdi. Loyiha rahbari ta’kidlashicha, bu qidiruv dasturining javoblarini “aqlliroq” — yanada tabiiyroq va xilma-xil qilish imkonini beradi. Uning qo‘shimcha qilishicha, romanlar sun’iy intellekt uchun ajoyib trening hisoblanadi. Ular tizimni tildagi nozik jihatlarni farqlashni o‘rganishga majbur qiladi.
Sun’iy intellekt tizimi romanlarni o‘zlashtirib olgach, undan o‘zi tinglagan narsalari bo‘yicha o‘z takliflarini yaratish so‘raladi. Yakuniy natija sifatida sun’iy intellekt kitob yozishi kerak.
Izoh (0)