Ukraina bozorida taqdim etilgan arzon avtomobillar reytingida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, deb yozadi “Avtoblog”.
Ukrainada eng arzon model nomini uzoq vaqt davomida O‘zbekistonda chiqarilgan Daewoo Matiz o‘zida saqlab kelar edi. Ammo mamlakat avtobozori tahlili natijalari birinchi o‘ringa boshqa model chiqib olganini ko‘rsatdi.
Reytingda endi Eronning Saipa Tiba markasi avtomobili yetakchilik qilmoqda, uni ishlab chiqarish bilan Ukrainaning “Bogdan” kompaniyasi shug‘ullanadi.
Ukrainada Daewoo Matiz’ning minimal narxi 5800 dollarni tashkil qilsa, Eron mashinasi undan 360 dollarga arzonroq sotilmoqda. Farq unchalik katta bo‘lmasa-da, Saipa Tiba Ukrainadagi eng arzon avtomobilga aylandi.
Izoh (0)