Mercedes-Benz CLA va Audi A3’ga raqobatchi bo‘ladigan yangi modeldagi Cadillac so‘nggi avlod Chevrolet Cruze platformasiga quriladi, deya xabar bermoqda Motor.
Cadillac’ning aynan qanday — xetchbek yoki Chevrolet Volt kabi liftbek ko‘rinishida yig‘ilishi hozircha noma’lum.
Yangi avtomobil ishchi sig‘imi 1,5 va 2 litr (top versiyasida) bo‘lgan benzinli turbo dvigateli bilan taklif qilinishi kutilmoqda. Har ikkala agregat ham sakkiz pog‘onali avtomatik uzatish qutisi bilan uyg‘unlashadi.
Yangi model Chevrolet Cruze’dan 6—9 ming dollarga qimmatroq bo‘lishi taxmin etilmoqda. U bozorda qachon paydo bo‘lishi noma’lum.
Izoh (0)