Isroil mudofaa armiyasi o‘quvlar chog‘ida iste’moldan chiqarilgan fosfor bombalaridan foydalandi, buning oqibatida mamlakat janubida yirik yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda, Haaretz nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yong‘in 15 gektar maydonga ega qishloq xo‘jaligi dalalari va o‘rmon hududini qamrab olgani aytilmoqda.
Ashkelon shahri o‘t o‘chirish xizmati vakili Igal Zoxarning shohidlik berishicha, armiya Laxish okrugida 5 tonnali fosforli bombani ishlatgan, buning oqibatida bir qancha binolarga zarar yetgan.
Yong‘in o‘chirilganidan keyin ham o‘t o‘chiruvchilar bir necha marta ortga qaytib, qo‘shimcha yong‘in o‘choqlarini bartaraf qilgan. O‘t o‘chirish ishiga oltita qutqaruvchilar otryadi hamda yong‘in aviatsiyasining to‘rt samolyoti jalb qilingan.
Isroil armiyasi o‘t o‘chirish xizmatini tayyorlanayotgan o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida o‘z-o‘zidan yonadigan moddalardan tarkib topgan portlovchi uskunalar qo‘llanilishidan ogohlantirib qo‘ymagan.
Izoh (0)