O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Germaniyaning Myunxen shahrida davom etayotgan, mukofot jamg‘armasi 520 070 yevroni tashkil qiluvchi BMW Open tennis turnirining juftliklar bahsini g‘alaba bilan boshladi.
Musobaqa rasmiy saytining ma’lum qilishicha, rossiyalik Mixail Yelgin bilan tandem hosil qilgan 29 yoshli O‘zbekiston vakili juftliklar bahsi ilk davrasida avstriyalik Filipp Osvald va chexiyalik Lukash Rosol duetiga qarshi bahs olib bordi. Bir soat 33 daqiqa davom etgan bellashuvda 7:6, 3:6, 10:8 hisobi qayd etilib, Istomin/Yelgin juftligining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Juftliklar bahsi chorak finalida Istomin/Yelgin tandemi germaniyalik Gero Krechmer/Aleksandr Sachko hamda avstraliyalik Yulian Noul/Aleksandr Peya dueti o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin yakkalik bahslari ilk davrasida chexiyalik Lukash Rosolga qarshi bahs olib borib, 7:6, 4:6, 6:7 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Izoh (0)