Suriya poytaxti Damashqning asosan shialar istiqomat qiladigan Sayyida Zaynab dahasidagi blokpost oldida minalashtirilgan avtomobil portlatildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar bor. To‘rtta mashina butkul yonib ketgan”, — deya ma’lum qilgan Suriya Qizil yarim oy jamiyatidagi manba.
Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha keltirilmagan.
Izoh (0)