Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 34-tur bellashuvlari “Napoli” — “Bolonya” o‘yini bilan start oldi. Mamlakat chempionligidan umidini uzib ulgurmagan Neapol klubi unda 6:0 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvdagi dastlabki ikki gol Manolo Gabbyadini tomonidan urildi. Shu tariqa hujumchi mavsumdagi gollari sonini 5 taga yetkazib oldi. “Bolonya”ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan Dris Mertens hisobida ham endilikda 5 ta gol bor. So‘nggi gol muallifi David Lopes esa uchrashuvda mavsumdagi debyut golini urishga erishdi.
Mazkur g‘alabadan keyin “Napoli” ochkolari sonini 73 taga yetkazib oldi. Bugun, 20-aprel kuni “Latsio”ga qarshi maydonga tushadigan peshqadam “Yuventus” hisobida 79 ochko jamg‘arilgan.
Shuningdek, urilgan 6 gol “Napoli”ga mavsum davomida eng ko‘p gol urgan jamoaga aylanib olish imkonini berdi. Peshqadam “Yuventus” A seriyaning joriy mavsumida 62 ta gol urgan bo‘lsa, “Roma”da bu ko‘rsatkich 70 tani, “Napoli”da esa 72 tani tashkil etmoqda.
“‘Latsio’ ustidan qozonilajak g‘alaba ketma-ket beshinchi skudetto uchun so‘nggi qadam bo‘lishi mumkin”, deb ta’kidlab o‘tgan “Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri. “Chempionat”dagi intervyuda mutaxassis “Yuventus” joriy mavsum hisobidan hali hech narsa yutib ulgurmagani va ketma-ket beshinchi chempionlik ajoyib natija ekanligiga urg‘u bergan.
Qayd etish kerak, “Yuventus” 20-aprel kuni “Latsio”ni mag‘lub etganida ham chempionlik masalasi to‘liq hal etilmaydi va “Napoli” nazariy jihatdan Turin klubiga yetib olish imkoniyatini saqlab qoladi.
Italiya A seriyasi 24-tur bellashuvi 29-aprel, seshanba
“Napoli” — “Bolonya” 6:0
Gollar: Manolo Gabbyadini, 10 (1:0). Manolo Gabbyadini, 35-pen (2:0). Dris Mertens, 58 (3:0). Dris Mertens, 80 (4:0). Dris Mertens, 88 (5:0). David Lopes, 90 (6:0).20-aprel, chorshanba“Sassuolo” — “Sampdoriya”“Jenoa” — “Inter”“Kyevo” — “Frozinone”“Palermo” — “Atalanta”“Roma” — “Torino”“Udineze” — “Fiorentina”“Empoli” — “Verona”“Yuventus” — “Latsio”
21-aprel, payshanba“Milan” — “Karpi”
Izoh (0)