Oltinchi avlod Chevrolet Camaro kupesi hisob bo‘yicha yuzinchi “Indianapolisning 500 mili” poygasi xavfsizlik mashinasi (peys-kar) etib tanlandi. Bu haqda Motor xabar bermoqda.
Chevrolet rusumli avtomobil “Indi 500”da 27-bor xavfsizlik mashinasi bo‘ldi. Ilk bor kompaniya modeli 1948-yilda mazkur poyga xavfsizlik avtosi bo‘lgan, o‘shanda ishtirokchilarni trek bo‘ylab Fleetmaster kabrioleti olib yurgandi.
2002-yildan beri Chevrolet poyganing peys-kari maqomini hech kimga bermay kelmoqda. Camaro esa to‘qqizinchi bor afsonaviy poyganing xavfsizlik mashinasi bo‘ladi.
“Indianapolisning 500 mili” poygasi 29-may kuni bo‘lib o‘tadi.
2015-yilda Chevrolet Corvette Z06 Indianapolisdagi poyganing xavfsizlik avtomobiliga aylangandi.
Izoh (0)