Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida Toshkentning Sodiqjon Tolipov va Abdurauf Fitrat ko‘chalarini ajratib turuvchi temiryo‘l kesishmasida poyezd o‘tishini qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib kutayotgan Spark’larning suratlari e’lon qilindi.
Guruh foydalanuvchilari bunday holatlar shunga o‘xshash temiryo‘l kesishmalarida tez-tez yuz berib turishini qayd etgan. “Hatto bir safar mashinasiga ‘Voditeli Tashkenta’ guruhi yorlig‘i yopishtirilgan mashina ham qoidani shunday buzganiga guvoh bo‘lgan edim”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.
Avvalroq aynan shu ko‘chadagi tirbandlik vaqtida avtobus o‘z yo‘lovchilarini yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismida tushirgani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi 2-qismiga ko‘ra, transport vositalari haydovchilarining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi eng kam ish haqining 10 baravari (19-aprel holatiga ko‘ra — 1 302 400 so‘m) miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.
Izoh (0)