Deyarli ikki haftadan buyon Facebook, Twitter, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi keng ko‘lamli tadbir — “Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” festivalining lahzalari yoritilmoqda, deb yozadi “Kun.uz”.
Shu festival doirasida O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan aksiya tashkil qilindi. Bunda yoshlar turli buyumlar yordamida yoki “jonli” ravishda 25 sonini yozib, uni kadrga muhrlamoqda va ijtimoiy tarmoqlarga joylamoqda. Nashr ana shunday suratlarning ba’zilarini e’lon qildi.
Izoh (0)