Turkiya va Isroil munosabatlarni tartibga solish yuzasidan kelishuvlarni ishlab chiqishda siljishga erishdi. Bu haqda 8-aprel, juma kuni Turkiya tashqi ishlar vazirligi tomonidan tarqatilgan bayonotda ma’lum qilingan, deya xabar beradi “TASS”.
“Ikki mamlakat vakillari delegatsiyasi 7-aprel, payshanba kuni Londonda uchrashdi. Ular tushunmovchiliklarni bartaraf etish va kelishuv matnini yakuniy ko‘rinishga keltirish borasida siljishga erishdi. Kelishuv ustidagi ishlarni yaqin orada bo‘lib o‘tadigan kelgusi uchrashuvda oxiriga yetkazish haqida bir to‘xtamga kelindi”, — deya ta’kidlangan Turkiya TIV bayonotida.
Ayrim manbalarga ko‘ra, kelishuv 2010-yili Isroil maxsus bo‘linmasi tomonidan Turkiyaga qarashli “Mavi Marmara” paromining qo‘lga olinishi chog‘ida halok bo‘lganlar uchun Isroil tomonidan 20 million dollar tovon to‘lanishini ko‘zda tutadi. Turkiya esa o‘z hududida HAMAS guruhi faoliyatini cheklash choralarini ko‘rishi aytilmoqda. Shu bilan birga, Anqara Tel-Avivdan munosabatlarni tartibga solishning majburiy sharti sifatida G‘azo sektoridan qamalning olib tashlanishini talab qilmoqda.
Izoh (0)