“Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe kim bilan hamkorlik qilayotganini anglamaydi va uning fojiasi shundan iborat”. Bu haqda 8-aprel, juma kuni mahalliy gazetalarda e’lon qilingan KXDR tinchlik bilan vatanni birlashtirish qo‘mitasi vakili bayonotida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “TASS”.
Shimol va Janub o‘rtasidagi aloqalar uchun javob beradigan mazkur tashkilot Koreya respublikasi rahbarini Vashingtonda bo‘lib o‘tgan yadro xavfsizligi sammitida KXDR raketa-yadro dasturiga qarshi turish uchun xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, Pxenyanni yadro qurollaridan voz kechishga majbur etish uchun yanada qattiq sanksiyalar joriy etishga chaqirgani uchun qoraladi.
Qo‘mita fikricha, Pak Kin Xe “ikki davlat o‘rtasidagi muloqotni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ydi, uning siyosati tufayli Koreya yarim orolida urush xavfi oshib bormoqda”.
Izoh (0)