Joriy yilda Estoniyada o‘tkaziladigan Saber Strike mashqlarida rekord miqdordagi AQSh harbiy xizmatchilari va jangovar texnikasi ishtirok etadi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Mashqlar doirasida Estoniyaga eng ko‘p sonli AQSh askarlari va 500 dan ziyod texnika kelishi ko‘zda tutilgan. AQSh piyoda qismlari almashuv asosida bizda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda doimiy ishtirok etadi”, — deya ma’lum qilgan mamlakat mudofaa kuchlari bosh shtabi matbuot xizmati.
AQSh harbiy kontingentining aniq soni keltirilmagan.
Izoh (0)