Toshkentdagi “Bunyodkor” ko‘chasining Oliy Majlis binosi yaqinidagi qismida Lada Kalina avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Hodisa joyidan olingan fotosuratlar va guvohlarning xabarlari Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida e’lon qilingan.
Hodisa taxminan soat 13:00—13:30 oralig‘ida yuz bergan, biroq aynan qanday ro‘y bergani aniq emas. Suratlarda Kalina’ning old qismi majaqlanib ketganini ko‘rish mumkin.Hodisada boshqa avtomobil ham ishtirok etganmi-yo‘qmi, noma’lum. Guvohlardan birining yozishicha, “asfaltda bir kishi yotgan edi”.
“Shunchaki dahshatli avariya. U yerdan o‘tdim, barcha shoshilinch xizmatlar — militsiya, tez yordam o‘sha yerda edi”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)