Meizu kompaniyasi o‘zining yangi qurilmasi — metall korpus va baquvvat batareyaga ega Meizu M3 Note smartfonini taqdim etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Kutilganidek, smartfonga sakkiz yadro MediaTek Helio P10 protsessori o‘rnatildi. Tezkor xotira hajmiga qarab, smartfon ikki xil versiyada chiqariladi (2 Gb va 3 Gb). Xotirani qo‘shimcha ravishda microSD yordamida 128 gigabaytgacha kengaytirish mumkin bo‘ladi.
Batareya esa taxmin qilinganida ancha sig‘imliroq bo‘lib chiqdi — 4100 mA/soat, bu 17 soat davomida video ko‘rish uchun yetarlidir. Smartfon LTE’ning barcha chastotalarini, shuningdek, VoLTE texnologiyasini “ko‘tara oladi”, bu avtonom tarzda ishlash vaqtini ancha ko‘paytiradi.
Displey o‘lchami 5,5 dyuymga teng, asosiy kamera 13, old kamera esa 5 megapiksellidir. Barmoq izi skaneri “Uyga” (Home) tugmasiga o‘rnatilgan.
Smartfon kulrang, oq va tillarang korpuslarda taqdim etiladi.
Izoh (0)