Opera Software kompaniyasi asoschisi va sobiq rahbari Yon fon Techner o‘zining Vivaldi brauzerini ishga tushiradi, deb yozadi “TASS”. Techner unga 6 million dollar sarmoya kiritdi.
U 1995-yilda Opera Software asoschilaridan biri bo‘lgan. Opera rahbari lavozimini u 2010-yildayoq tark etib, bir yilga yaqin maslahatchi sifatida ishladi, 2011-yilda esa kompaniyani rivojlantirishning yangi yo‘nalishiga qarshi bo‘lgani tufayli, uni butunlay tark etdi.
Shundan so‘ng Techner yangi brauzerni ishlab chiqish bilan shug‘ullanishga qaror qildi. Dastlab Vivaldi Technologies ustav kapitali taxminan 500 ming dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, ayni paytgacha Techner mahsulotni ishlab chiqishga qariyb 6 million dollar sarmoya kiritdi. Uning aniqlik kiritishicha, kompaniya begona investorlarga ulush sotishni rejalashtirmayapti.
Izoh (0)