Apple’ning yangi planshetiga iFixit mutaxassislari 10 balldan atigi 2 ball qo‘ydi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. iPad Pro 9.7’ni ta’mirlashdagi asosiy muammolar yaxlit bo‘lib qo‘shilib ketgan displey va shisha, shuningdek, ko‘p miqdordagi yelim tufayli yuzaga keladi.
iFixit ekspertlari ta’kidlashicha, Apple “kenja” versiyaning ichki konstruksiyasini iPad Pro 12.9’ga nisbatan ancha sezilarli tarzda o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. O‘zgarishlar esa ta’mirga yaroqlilik xususiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazgan.
Apple’ning yangi plansheti konstruksiyasida kamchiliklar talaygina. Displey, shisha va digitayzer paneli bitta bo‘lib qo‘shilib ketgan, ko‘plab komponentlar yelim bilan mahkamlangan, natijada ta’mirlash jarayoni qiyinlashadi, magnitli tuynukchani esa umuman almashtirib bo‘lmaydi.
iFixit mutaxassislari qurilmani deyarli ta’mirga yaroqsiz deb topdi, u sinib qolsa, servisga olib borish foydasiz desa ham bo‘ladi.
Izoh (0)