Vyetnam qirg‘oq mudofaasi mamlakatlar o‘rtasidagi dengiz chegarasini buzganligi uchun Xitoy kemasini qo‘lga oldi. Bu haqda Kyodo News agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, kema 31-mart kuni Janubiy Xitoy dengizidagi Tonkin ko‘rfazida qo‘lga olingan. Shundan keyin uch kishidan iborat ekipaj a’zolari so‘roq qilish uchun Vyetnam shimolidagi Xayfon shahriga yetkazilgan.
Kema kapitani chegarani buzganligini tan olganligi ta’kidlanmoqda. Bundan tashqari, u kema baliq ovlovchi katerlarni ta’minlash uchun 100 ming litrga yaqin yoqilg‘i olib ketayotganligini ma’lum qilgan.
XXR o‘n yillar davomida bir nechta mamlakatlar bilan Janubiy Xitoy dengizidagi bir qator orollarning hududiy tegishliligi yuzasidan munozaralar olib bormoqda.
Izoh (0)