Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Kubaga rasmiy tashrifi doirasida mazkur mamlakat davlat hamda vazirlar kengashlari raisi Raul Kastro bilan uchrashdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida Qozog‘iston va Kuba yetakchilari savdo-iqtisodiy munosabatlar, ta’lim, madaniyat, sport, qishloq xo‘jaligi sohalarida aloqalarni kengaytirish orqali ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va biotexnologiya yo‘nalishlaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Mazkur sohalarda qozog‘istonlik va kubalik mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashishning muhimligi ta’kidlandi.
Izoh (0)