Vimpelcom Ltd. (“Bilayn” brendi)ning asosiy aksiyadorlari kompaniya oddiy aksiyalarining 89,2 foizini sotish haqida muzokaralar olib bormoqda, deb yozadi Meduza kompaniya tomonidan AQShning qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasiga yo‘naltirilgan ma’lumotnomaga tayanib.
“Vedomosti” ma’lumotlariga ko‘ra, aksiyadorlar (LetterOne va Telenor kompaniyalari) operatordagi ulushlarini Gonkongning Hutchison xoldingiga sotish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Biroq, Rossiya aktivi oldi-sotdi bitimi perimetriga kirmasligi mumkin.
Izoh (0)