Rossiyaning “Moya planeta” telekanalida “Karakalpakiya: skvoz peski vremen” (“Qoraqalpog‘iston: Davr qumlari orasidan”) nomli yangi hujjatli film namoyish etildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati xabar berdi.
Yetti bobdan iborat bir soatlik filmda Qoraqalpog‘istonning boy madaniy-tarixiy merosi, muhim ahamiyatga ega arxeologik topilmalari, sayyohlik maskanlari, tabiati, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda sanoat salohiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etiladi.
Filmda, shuningdek, Orol dengizining qurishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik vaziyat oqibatlari qanday bartaraf etilayotgani va bu yerda yashovchi aholining tabiiy ofat bilan qanday kurashayotgani alohida ta’kidlanadi.
Izoh (0)