31-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Kun qahramoni: Boks bo‘yicha Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik ayol sportchi Yodgoroy Mirzayeva. Undan tashqari Hasanboy Do‘smatov, Shahobiddin Zoirov, Shahram G‘iyosov, Elshod Rasulov, Rustam To‘laganov, Bahodir Jalolov ham Rio—2016 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
2. Toshkent jamoat transportida yo‘l haqi 20 foizga oshadi. Oxirgi marta Toshkentda jamoat transporti narxi 2014-yilning 15-iyunida oshirilgan edi.
3. Ukraina prezidenti Donbassda mojaro boshlanganidan beri 10 mingga yaqin kishi halok bo‘lganini bildirdi. Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi qurolli mojaro 2014-yilda boshlangan edi.
4. Bashar Asad Suriyada muddatidan avval prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Asad muddatidan avval prezidentlik saylovlari o‘tkazilishining talab etilishi “joriy siyosiy jarayonning bir qismi sifatida ilgari surilmagani”ni ma’lum qildi.
5. OIVga chalingan bemor birinchi marta jigar donoriga aylandi. Operatsiya immun tanqisligi bo‘lgan odamlardan organlarni transplantatsiya qilishga qo‘yilgan 25 yillik taqiqning tugallanganini bildiradi.
Izoh (0)