AQSh davlat departamenti va Pentagon o‘z xodimlarining oila a’zolariga xavfsizlikka tahdid munosabati bilan Turkiyaning janubiy tumanlarini tark etishni buyurdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Associated Press yozishicha, bunda gap Adana shahridagi AQSh konsulxonasi, AQSh harbiy-havo kuchlarining “Injirlik” bazasi, shuningdek, Izmir va Mugla provinsiyalari haqida bormoqda.
Biroq AQSh ma’muriyatidagilar ushbu qaror Turkiyaning mazkur tumanlarida xizmat vazifalarini o‘tayotgan AQSh fuqarolariga o‘z oila a’zolari bilan yashash taqiqlanishini bildirmasligini ta’kidladi.
Nashr eslatishicha, AQSh hukumati ushbu chora-tadbirni Turkiyada keskinlik kuchayishi fonida amalga oshirmoqda.
Izoh (0)