EgyptAir aviakompaniyasining 29-mart, seshanba kuni olib qochilgan A320 yo‘lovchilaridan biri samolyotni garovga olgan shaxs bilan selfiga tushdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Selfi samolyot Kiprga qo‘nganida amalga oshirilgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq havo kemasini garovga olgan shaxs qo‘lga tushirilgani haqida ma’lum qilingandi. Kipr TIV vakili Aleksandros Zenonning bildirishicha, rasmiylar so‘roq yakunlaridan so‘ng uning terrorchi emas, ruhiy beqaror kishi ekanligi haqidagi xulosaga keldi.
Izoh (0)