“Lester” klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Jeymi Vardi Germaniyaga qarshi (3:2) o‘rtoqlik o‘yinida gollardan birini kiritib, jamoasining irodali g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi. O‘yindan so‘ng esa uning telefoniga ko‘plab xabarlar keldi, deb xabar beradi “Chempionat”.
“Afsuski, mening telefonim ‘o‘ldi’ va shu sababli hech kimga javob qaytara olmadim. Telefonimga juda ko‘p xabar kelgani uchun ham u o‘chib qolgan”, – deydi Jeymi Vardi.
29 yoshli futbolchi so‘nggi 31 yil ichida “Lester” klubining Angliya termasi safida gol kiritigan birinchi futbolchisi bo‘ldi. Bundan avval, 1985-yilda, “Lester” tarkibida to‘p surgan Gari Lineker Angliya terma jamoasi safida gol kiritgan edi.
Izoh (0)