Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov Filippinga qarshi JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralash uchrashuvidan so‘ng O‘zMTRKning “Sport” telekanaliga qisqacha intervyu berdi.
Ma’lumot uchun, 24 mart, payshanba kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston — Filippin uchrashuvida mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol Anzur Ismoilov hisobiga yozildi.
“O‘zingiz ko‘rdingiz, har qancha harakat qilmaylik, to‘pning darvozaga kirishi qiyin bo‘ldi”, — dedi Anzur Ismoilov.
“Gol urishimni kutmagandim, lekin milliy terma jamoamiz g‘alaba qozonishini kutgandim”, — deya qo‘shimcha qildi Anzur Ismoilov.
Izoh (0)