Chevrolet kompaniyasi Camaro ZL1 sportkarining ochiq modifikatsiyasini taqdim etdi, deb yozadi Motor. Modelning premyerasi Nyu-Yorkdagi motorshouda bo‘lib o‘tdi.
Kabriolet o‘sha 640 ot kuchiga teng sakkiz silindrli benzinli 6.2 dvigatelga ega (mexanik kompressorli). Agregat o‘n diapazonli avtomatik uzatish qutisi bilan juftlikda ham ishlashi mumkin.
Kompaniya vakillari so‘zlariga ko‘ra, trekli kabriolet “kupega o‘xshash dinamik tavsiflarga ega”, ammo modelning aniq ko‘rsatkichlari keltirilmadi.
Sportkar magnitoreologik boshqariluvchi amortizatorga ega adaptiv podveska, elektron boshqaruvli orqa differensial blokirovkasi, olti porshenli Brembo tormoz mexanizmlari, 20 dyuymli g‘ildirak disklari (Goodyear Eagle F1 Supercar qopqoqli) bilan jihozlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet kompaniyasi yangi avlod Chevrolet Camaro kupesining ZL1 nomini olgan trekli modifikatsiyasini taqdim etgan edi.
Izoh (0)