Toshkentning Taras Shevchenko va Nukus ko‘chalari chorrahasida 23-mart, chorshanba kuni Chevrolet Captiva va Nissan Altima avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Hodisa joyidan olingan fotosuratlar Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida e’lon qilingan.
To‘qnashuv natijasida davlat raqami 01 S 653 UA bo‘lgan Nissan yo‘l yoqasidagi panjaraga borib urilgan, davlat raqami 01 809 OAA bo‘lgan Captiva esa ag‘darilib ketgan. Hodisa aynan qanday ro‘y bergani aniq emas, jabrlanuvchilar haqida batafsil axborot yo‘q.
Avvalroq Toshkentning “Bodomzor” mahallasida Chevrolet Captiva ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz bergani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)